Har bir inson mehr va muruvvatga loyiqdir!
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 9-Katta Tayloq saylov okrugidan
saylangan deputat Dilafruz Orzuyevna tomonidan Bog'ichinor mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolarning holidan xabar olinib, taklif va muammolari o‘rganildi.
Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga xush kayfiyat ulashildi.