Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining yettinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi
Bugun yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishi Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash, Xalq deputatlari tuman Kengashida ish yuritish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomani tasdiqlash, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati to‘g‘risida namunaviy Nizomni tasdiqlash kabi masalalardan iborat bo‘ldi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
#sessiya