Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Birge islesiw hám nátiyjeli iskerlik máseleleri dodalandı
янв.21
DEPUTAT XALÍQ PENEN ÚYME-ÚY UShÍRASPAQTA
янв.21
📌Deputat xalıqtıń bántligi hám shańaraqlıq isbilermenlik jumısı menen tanıstı
янв.21
📌 DEPUTAT SORAWÍ UNAMLI SHESHIM TAPTI.
янв.21
NÓKIS RAYONI KEŃESINDE XDP PARTIYASI DEPUTATLARI MENEN SÁWBET ÓTKERILDI
янв.21
XALÍQ DEPUTATLARÍ NOKIS RAYONLÍQ KENESINIŃ DEPUTATLÍQ TOPARÍ MÁJLISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
✅ “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Ishtixon tumani filialida ichimlik suvi to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Ishtixon tumani filiali boshlig‘i B.G‘aniyev ishtirokida filial faoliyati bilan tanishib, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida tumanda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud suv tarmoqlarining holati, oqova suv tizimlaridan foydalanish, ichimlik suvi ta’minotidagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, filial tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, nosoz quvurlarni almashtirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

Jarayon davomida ichimlik suvi ta’minotida muammolar mavjud bo‘lgan hududlar, avariya holatlari va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. Filial rahbariga qonun ijrosini ta’minlash, aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 5