Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
янв.21
📌 XALÍQ PENEN AShÍQ SÓYLESIW - MAShQALALARDÍŃ ShEShIMINE QADEM
янв.21
➤ ÁMELIY JÁRDEM NÁTIYJESI: JÁNE 2 PUQARA JUMISQA ORNALASTÍ!
янв.21
📌 Deputat tárepinen “máhálle jetiligi” jumısları úyrenildi.
янв.21
💼 DEPUTATLÍQ QADAǴALAW
янв.21
📌 DEPUTATLAR “MÁHÁLLE JETILIGI” MENEN USHIRASTI.
янв.21
JOL QÁWIPSIZLIGI HÁM MÁHÁLLENIŃ IShKI KÓShELERI-ÁHMIETLI MÁSELELER DODALANDÍ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Oilaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda sog‘lom va ahil oilaviy muhitni targ‘ib etish maqsadida Boyovut tumani Alisher Navoiy mahallasida ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda tuman deputati, mehribon buvijon nuroniylar, ibratli oilalar hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

–   Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlarida oila jamiyatning eng asosiy bo‘g‘ini, uni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda kelajak avlodni sog‘lom ma’naviy muhitda tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab keladi. Haqiqatan ham, oilada mehr, o‘zaro hurmat va ishonch qaror topgan taqdirdagina sog‘lom jamiyat shakllanadi. Bugungi kunda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar xotin-qizlar faolligini oshirish, yosh avlodni tarbiyalash va ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi,  – deydi Tuman kengashi deputati Karomat Karimova.

Tadbir davomida oila muqaddasligi, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, oiladagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va sadoqat kabi ezgu qadriyatlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mustahkam oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda oilalarda totuvlik muhitini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbir oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va jamiyatda ma’naviy muhitni yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4