Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
янв.21
📌 XALÍQ PENEN AShÍQ SÓYLESIW - MAShQALALARDÍŃ ShEShIMINE QADEM
янв.21
➤ ÁMELIY JÁRDEM NÁTIYJESI: JÁNE 2 PUQARA JUMISQA ORNALASTÍ!
янв.21
📌 Deputat tárepinen “máhálle jetiligi” jumısları úyrenildi.
янв.21
💼 DEPUTATLÍQ QADAǴALAW
янв.21
📌 DEPUTATLAR “MÁHÁLLE JETILIGI” MENEN USHIRASTI.
янв.21
JOL QÁWIPSIZLIGI HÁM MÁHÁLLENIŃ IShKI KÓShELERI-ÁHMIETLI MÁSELELER DODALANDÍ
HOKIMIYAT VA KENGASH HAMKORLIGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI.

Bugun Parkent tumani “Surxi” MFYda aholi murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, okrug deputati Ermatov Alibek Xojimurotovich hamda deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovichlar ishtirok etdi. Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, moddiy yordam, talabalarning to‘lov-kontrakti,
bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, subsidiya hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Shuningdek, elektr ta’minoti, ichimlik va oqova suvi muammolari, safarbarlik chaqiruv xizmatiga
borish uchun moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, uy-joy olish hamda tibbiyot sohasiga oid masalalar ham ko‘tarildi. Qabul jarayonida har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga amaldagi tartiblar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Sayyor qabul davomida kelib tushgan jami 29 ta murojaatdan 4 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Yana 19 tasi qo‘shimcha vaqt talab etgani bois ijroga qaratildi hamda 6 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.
Bunday uchrashuvlar hokimiyat va Kengashning o‘zaro hamkorligi asosida aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish hamda xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Slide 1 of 5