Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Birge islesiw hám nátiyjeli iskerlik máseleleri dodalandı
янв.21
DEPUTAT XALÍQ PENEN ÚYME-ÚY UShÍRASPAQTA
янв.21
📌Deputat xalıqtıń bántligi hám shańaraqlıq isbilermenlik jumısı menen tanıstı
янв.21
📌 DEPUTAT SORAWÍ UNAMLI SHESHIM TAPTI.
янв.21
NÓKIS RAYONI KEŃESINDE XDP PARTIYASI DEPUTATLARI MENEN SÁWBET ÓTKERILDI
янв.21
XALÍQ DEPUTATLARÍ NOKIS RAYONLÍQ KENESINIŃ DEPUTATLÍQ TOPARÍ MÁJLISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
“Chegarachi” mahallasida dasturlar ijrosi bo‘yicha deputatlik nazorati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar tuman Kengashi deputati A.Ismailov saylangan 23-Chegarachi saylov okrugiga qarashli “Chegarachi” mahallasiga borib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib borishdi.

O‘rganish jarayonida hozirgi kunda “Chegarachi” MFYda quyidagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.

- 22-sonli maktabni rekonstruksiya qilish. (330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish, suniy qoplamali mini stadion) ishlari bo‘yicha, yer ishlari to‘liq, poydevor ishlari to‘liq, devor terish ishlari yakunlanmoqda.

- Mahalladagi 20 km asosiy va ichki yullarni asfaltlash bo‘yicha, yer tekislash ishlari qilinib, 5 km toshlash ishlari bajarilgan.

- 1 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash bo‘yicha 800 metrga beton ishlari bajarilgan,

O‘tkazilgan deputatlik nazorati natijasiga ko‘ra mutasaddilarga ishlarning sifatli, muddatida amalga oshirish bo‘yicha tegishli qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6