Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Birge islesiw hám nátiyjeli iskerlik máseleleri dodalandı
янв.21
DEPUTAT XALÍQ PENEN ÚYME-ÚY UShÍRASPAQTA
янв.21
📌Deputat xalıqtıń bántligi hám shańaraqlıq isbilermenlik jumısı menen tanıstı
янв.21
📌 DEPUTAT SORAWÍ UNAMLI SHESHIM TAPTI.
янв.21
NÓKIS RAYONI KEŃESINDE XDP PARTIYASI DEPUTATLARI MENEN SÁWBET ÓTKERILDI
янв.21
XALÍQ DEPUTATLARÍ NOKIS RAYONLÍQ KENESINIŃ DEPUTATLÍQ TOPARÍ MÁJLISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
Deputat axboroti

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sanakulov Umid Quvondiqovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi. Uchrashuv Shayxontohur tumanidagi “Ibn-Sino” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga deputat Sanakulov Umid Quvondiqovich, tuman Kengash kotibiyati mudiri N.Karimov, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. 

Deputat U.Sanakulov o‘z axborotida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, fuqarolar qabullari, deputatlik nazorati hamda qonunchilikdagi o‘zgarish, yangiliklar haqida axborot berib o‘tdi. 

Xususan, 2026-yilning birinchi choragida fuqarolarning murojaatlari asosida kiritilgan so‘rovlar va ularning amaliy yechimlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.  

Shuningdek, u Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 33-Beltepa saylov okrugidagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida zamonaviy bolalar maydonchalarini barpo etish yuzasidan takliflar kiritganini qayd etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi va ayrim muammolar joyida hal etildi. Muammolarning ayrimlari shahar va tuman mutasaddi tashkilotlari bilan bartaraf etilishi belgilandi.

Bundan tashqari, deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta yo‘nilishi yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullarning faoliyati ham muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda ishlar tashkil etilishi, ularning ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sanakulov Umid Quvondiqovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi.

Slide 1 of 6