Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
янв.21
📌 XALÍQ PENEN AShÍQ SÓYLESIW - MAShQALALARDÍŃ ShEShIMINE QADEM
янв.21
➤ ÁMELIY JÁRDEM NÁTIYJESI: JÁNE 2 PUQARA JUMISQA ORNALASTÍ!
янв.21
📌 Deputat tárepinen “máhálle jetiligi” jumısları úyrenildi.
янв.21
💼 DEPUTATLÍQ QADAǴALAW
янв.21
📌 DEPUTATLAR “MÁHÁLLE JETILIGI” MENEN USHIRASTI.
янв.21
JOL QÁWIPSIZLIGI HÁM MÁHÁLLENIŃ IShKI KÓShELERI-ÁHMIETLI MÁSELELER DODALANDÍ
Yoshlar masalalari — doimiy e’tibor markazida

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi partiya guruhi taklifi hamda yoshlar maslahat guruhi tashabbusi inobatga olinib, xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishda:

▪️ yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish

▪️ OAV orqali chiqishlarni faollashtirish

▪️ faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan o‘qish shartnoma to‘lovlarini qoplash masalalari muhokama qilindi.

🗣 Yig‘ilish davomida kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov yoshlar maslahat guruhi tashabbusi bilan ilgari surilgan iltimosnoma, xususan faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim xarajatlarini qoplash masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

💼 Shuningdek, doimiy komissiya raisi D.Artikov yoshlar bandligini ta’minlash va ularni sportga jalb qilish bo‘yicha alohida ish rejalarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

📊 Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumamuratov esa mazkur masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi.

🌱 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tashabbuslar — jamiyat taraqqiyotining muhim omili.

Slide 1 of 3