Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
янв.21
📌 XALÍQ PENEN AShÍQ SÓYLESIW - MAShQALALARDÍŃ ShEShIMINE QADEM
янв.21
➤ ÁMELIY JÁRDEM NÁTIYJESI: JÁNE 2 PUQARA JUMISQA ORNALASTÍ!
янв.21
📌 Deputat tárepinen “máhálle jetiligi” jumısları úyrenildi.
янв.21
💼 DEPUTATLÍQ QADAǴALAW
янв.21
📌 DEPUTATLAR “MÁHÁLLE JETILIGI” MENEN USHIRASTI.
янв.21
JOL QÁWIPSIZLIGI HÁM MÁHÁLLENIŃ IShKI KÓShELERI-ÁHMIETLI MÁSELELER DODALANDÍ
.“Kelajak” markazida yoshlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qarori ijrosi yuzasidan tuman “Kelajak” markazida amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Xolmurotov tomonidan o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida markazda yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari hamda turli to‘garaklar faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, axborot texnologiyalari, chet tillari va tadbirkorlikka oid mashg‘ulotlar sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, markazga tashrif buyurgan yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish, zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash va mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 O‘rganish yakunida mas’ullarga markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3