Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
янв.21
📌 XALÍQ PENEN AShÍQ SÓYLESIW - MAShQALALARDÍŃ ShEShIMINE QADEM
янв.21
➤ ÁMELIY JÁRDEM NÁTIYJESI: JÁNE 2 PUQARA JUMISQA ORNALASTÍ!
янв.21
📌 Deputat tárepinen “máhálle jetiligi” jumısları úyrenildi.
янв.21
💼 DEPUTATLÍQ QADAǴALAW
янв.21
📌 DEPUTATLAR “MÁHÁLLE JETILIGI” MENEN USHIRASTI.
янв.21
JOL QÁWIPSIZLIGI HÁM MÁHÁLLENIŃ IShKI KÓShELERI-ÁHMIETLI MÁSELELER DODALANDÍ
Deputat nazorati

 Oybuloqda suv masalasi o‘zining ijobiy yechimini topdi 

Ohangaron
tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar
izchil davom etmoqda. Xususan, Xalq deputatlari tuman Kengashiga Oybuloq
okrugidan saylangan deputat Nazira Raxmanova tomonidan “Oybuloq” MFYning
Shodlik ko‘chasida olib borilayotgan infratuzilma ishlari o‘rganildi. 

Mazkur
hududda ayrim xonadonlarga ichimlik suvi tarmog‘i yetib bormagan edi. Bugungi
kunda muammoni bartaraf etish maqsadida 1100 metr uzunlikda plastmassa quvurlar
yotqizish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda qazish ishlari olib borilmoqda. 

Deputat
Nazira Raxmanova joyiga chiqqan holda, avvalo qazish ishlarining sifati, quvur
yotqizish uchun tayyorlanayotgan transheyalarning me’yorlarga mosligiga alohida
e’tibor qaratdi. Shuningdek, ish jarayonida texnik xavfsizlik qoidalariga rioya
etilishi, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi. 

 Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash —
bu nafaqat qulaylik, balki salomatlik garovidir. Shu bois, har bir bosqich
sifatli bajarilishi shart, — deydi deputat. 

O‘rganish
jarayonida mutasaddilarga qazish ishlarini belgilangan talablar asosida olib
borish, quvurlarni yotqizishda sifatli materiallardan foydalanish hamda
ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Mahalla
aholisi esa bu kabi amaliy ishlardan mamnun ekanliklarini bildirib,
xonadonlariga kirib kelayotgan toza ichimlik suvi muammosi hal etilayotganini
alohida ta’kidlashdi.  

Slide 1 of 2