Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
📌 XALÍQ PENEN AShÍQ SÓYLESIW - MAShQALALARDÍŃ ShEShIMINE QADEM
янв.21
➤ ÁMELIY JÁRDEM NÁTIYJESI: JÁNE 2 PUQARA JUMISQA ORNALASTÍ!
янв.21
📌 Deputat tárepinen “máhálle jetiligi” jumısları úyrenildi.
янв.21
💼 DEPUTATLÍQ QADAǴALAW
янв.21
📌 DEPUTATLAR “MÁHÁLLE JETILIGI” MENEN USHIRASTI.
янв.21
JOL QÁWIPSIZLIGI HÁM MÁHÁLLENIŃ IShKI KÓShELERI-ÁHMIETLI MÁSELELER DODALANDÍ
Deputat faoliyatidan

 Nurobod saylov okrugida joylashgan Ohangaron tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

Jumladan, “Adolat” partiyasi a’zosi
— deputat A. Mirzavaliev, kotibiyat bosh mutaxassislari U. Abduqodirov va G. Erkinova
hamkorligida, Nurobod okrugidan nomzodi ko‘rsatilgan deputat A. Abduraxmonovning
rejasi asosida Nurobod MFY Yoshlar markazi binosida joylashgan Axborot-kutubxona
markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining
2017 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi
axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-444-sonli Qonunining mazmun-mohiyati,
maqsad va vazifalari hamda uning joylarda ijrosini ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha
markaz mehnat jamoasi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Shuningdek,
Qonunda belgilangan talablar yuzasidan deputatlik jamoat nazorati o‘tkazilib, sohani
yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
 

Shu bilan birga, Axborot-kutubxona markazining
moddiy-texnika bazasi, kitoblar fondi va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi. Hozirgi
kunda markaz kitob fondi 23 000 dan ortiqni tashkil etishi, kunlik tashrif buyuruvchilar
soni esa o‘rtacha 50–100 nafar ekani qayd etildi. Kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar
ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.
  

Slide 1 of 8