Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Birge islesiw hám nátiyjeli iskerlik máseleleri dodalandı
янв.21
DEPUTAT XALÍQ PENEN ÚYME-ÚY UShÍRASPAQTA
янв.21
📌Deputat xalıqtıń bántligi hám shańaraqlıq isbilermenlik jumısı menen tanıstı
янв.21
📌 DEPUTAT SORAWÍ UNAMLI SHESHIM TAPTI.
янв.21
NÓKIS RAYONI KEŃESINDE XDP PARTIYASI DEPUTATLARI MENEN SÁWBET ÓTKERILDI
янв.21
XALÍQ DEPUTATLARÍ NOKIS RAYONLÍQ KENESINIŃ DEPUTATLÍQ TOPARÍ MÁJLISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
Deputatlar poliklinikadagi tibbiy xizmat sifatini o‘rgandilar

Deputatlar poliklinikadagi tibbiy xizmat sifatini o‘rgandilar

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Rajabov, deputatlar D.Yodgorova hamda A.Kamolovlar ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Bu galgi manzil — “Chinor” MFYda joylashgan 74-sonli oilaviy poliklinika bo‘ldi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

Bepul dori-darmon ta’minoti: Davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori vositalarining haqiqatda ehtiyojmand bemorlarga yetib borishi va dorixonadagi mavjud zaxiralar ko‘zdan kechirildi.

Poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, shifokorlar ko‘rigi va tibbiy xodimlarning muomala madaniyati o‘rganildi.

Tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida navbatlarning tartibga solingani va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanish holati tahlil qilindi.