Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PF-11-son Farmoni — “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish hamda turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i A. Ruziqulovning hisoboti eshitildi.
Sessiya davomida deputat U.Nurmuxamedov tomonidan Qoraqo‘yli mahallasidagi ko‘p qavatli uylar bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.
💧 Xususan, tuman markazida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida:
▪️ suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi
▪️ ichimlik suvi sifati va uning iste’molga yaroqliligi yuzasidan xavotirlar borligi ta’kidlandi.
🏗 Shuningdek:
▪️ ko‘p qavatli uylar atrofida turli noqonuniy qurilmalar — yengil konstruksiyalar va vaqtinchalik do‘konlar (butkalar) paydo bo‘layotgani
▪️ bu holatlar fuqarolarning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.
📝 Mas’ullar tomonidan ushbu muammolar joyiga chiqib o‘rganilishi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.