Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#sessiya 📌 Sessiyada mas’ul xodimlar faoliyati tanqid qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati S.Abdug‘aniyev tomonidan tumandagi “Boylata” MFYda faoliyat olib borayotgan mutasaddilar ish faoliyati yuzasidan aniqlangan kamchiliklar ko‘tarildi.

Ta’kidlanishicha, profilaktika inspektori S.Javurboyev hamda ijtimoiy xodim O.Eshmirzayev tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

👮‍♂️ Shu munosabat bilan Ishtixon tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Rustamovga: 

▪️ holatni atroflicha o‘rganish

▪️ aniqlangan kamchiliklarga huquqiy baho berish

▪️ mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish

bo‘yicha taklif bildirildi.

📝 Mazkur masala sessiya doirasida muhokama qilinib, nazoratga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1