Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi sessiyasida tuman hokimining hisobotini muhokama qilish jarayonida deputat J.Mavlyanov tomonidan muhim taklif bildirildi.
Unga ko‘ra, tumandagi "Qiyot" MFY hududidan o‘tuvchi Oqdaryo daryosining aynan Qiyot qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida daryo o‘zanini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
🌊 Ta’kidlanishicha, mazkur hududda daryo qirg‘oqlarining yemirilishi xavfi mavjud bo‘lib, bu kelgusida aholi va infratuzilma uchun muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
📝 Shu bois, daryo o‘zanini mustahkamlash, zarur muhandislik choralarini ko‘rish va ushbu masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan taklif ilgari surildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)