Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Nókis rayonlıq Keńesinde Agrar, suw xojalıǵı máseleleri hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májlisi ótkerildi
янв.21
📌 DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
📌 DEPUTAT AYMAQTAǴI KÓSHE BIYLERI MENEN USHIRASTI
янв.21
DEPUTATLAR QADAǴALAWI: XALIQTIŃ ABADANLIǴI - EŃ TIYKARǴI WAZIYPA!
янв.21
📌 XALÍQ PENEN AShÍQ SÓYLESIW - MAShQALALARDÍŃ ShEShIMINE QADEM
янв.21
➤ ÁMELIY JÁRDEM NÁTIYJESI: JÁNE 2 PUQARA JUMISQA ORNALASTÍ!
янв.21
📌 Deputat tárepinen “máhálle jetiligi” jumısları úyrenildi.
янв.21
💼 DEPUTATLÍQ QADAǴALAW
янв.21
📌 DEPUTATLAR “MÁHÁLLE JETILIGI” MENEN USHIRASTI.
янв.21
JOL QÁWIPSIZLIGI HÁM MÁHÁLLENIŃ IShKI KÓShELERI-ÁHMIETLI MÁSELELER DODALANDÍ
Sessiya

✔️ Bugun xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, shahar hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga jamiyat uchun dolzarb bo‘lgan bir qator masalalar kiritilib, ular yuzasidan keng muhokamalar olib borildi.

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar:

-Ohangaron shahar mahalliy byudjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqildi.

Ma’ruzachi: Ohangaron shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Abdusattarov.

-A-373 avtomagistral yo‘lining Ohangaron shahar hududidan o‘tuvchi qismida joylashgan bino va inshootlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish maqsadida loyihalar taqdimotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida masala muhokama qilindi.

Ma’ruzachi: Toshkent viloyati arxitektori O.Donayev.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ohangaron shahridagi Xalq qabulxonasining 2025-yil davomida shaharda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan axboroti to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ma’ruzachi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ohangaron shahridagi Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi Sh.O‘simboyev.

-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-son qarorining shahardagi ijrosi to‘g‘risida hisobot tinglandi.

Ma’ruzachi: Shahar obodonlashtirish boshqarmasi ma'sul xodimi X.Xoldorov.

✔️ Kun tartibidagi masalalar yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9