Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazorati

O‘zbekiston Ekologik partiya a’zosi, xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Mamatmirzayeva Raxima hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-sonli oilaviy poliklinikaning “Ozod Buxoro” filialida bo‘ldi. Tashrif davomida deputat muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, bemorlar uchun tashkil etilgan Fitobar faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, fuqarolarni qabul qilish bo‘limi ish jarayoni o‘rganilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yuzasidan fikr almashildi. Mamatmirzayeva Raxima bemorlar bilan bevosita suhbatlashib, ularning fikr va mulohazalarini tingladi. Suhbatlar davomida tibbiyot xodimlarining mas’uliyati, xizmat ko‘rsatish sifati hamda yaratilgan qulayliklar alohida e’tirof etildi. Mazkur o‘rganishlar asosida deputat tomonidan sohaga oid mavjud yutuqlarni yanada mustahkamlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1