Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Qo‘shqand mahallasi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda ko‘chat ekish jarayoni bilan tanishdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish ishlari izchil davom etmoqda. Qo‘shqand mahallasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish hamda hududni yanada obod va ko‘rkam qilishga xizmat qiladi.
O‘rganish jarayonida tomorqalardan samarali foydalanish, ekinlar holati hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari ko‘zdan kechirildi. Fuqarolarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar taqdim etdi.