Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AHOLIGA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT SIFATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova Balandchaqir oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati hamda yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Jarayon davomida muassasa shifokorlari hamda mahalla aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda fuqarolarning tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi, mavjud muammolar va xizmat sifatini yanada yaxshilash imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tibbiy jihozlarning holati va ulardan foydalanish samaradorligi alohida e’tiborga olindi.

Yakunda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xizmat sifatini oshirish hamda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan mutasaddilarga aniq tavsiyalar berildi.

Monitoring natijalari esa aholi ehtiyojlariga mos, samarali choralarni belgilashga xizmat qiluvchi muhim hujjat sifatida rasmiylashtirildi.

Slide 1 of 3