Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 "JASIL MÁKAN" ORINLANIWI - ÁMELDE HÁM QADAǴALAWDA!
янв.21
📌DEPUTATLAR TÁREPINEN ÚYRENIW JUMISLARI ALIP BARILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILARÍ MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
DEPUTAT SORAW SHÍǴARÍLDÍ.
янв.21
📌DEPUTAT SAYLAWSHILARÍ MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
ÚYRENIW JUMISLARI ALIP BARILMAQTA.
янв.21
🌱 13-14-mart kúnleri mámleketimizde ulıwma xalıqlıq qayırqomlıq shembiligi ótkerilmekte.
янв.21
KORRUPCIYASIZ JÁMIYET – RAWAJLANIW KEPILI
янв.21
📌ДЕПУТАТ КӨШЕ БИЙЛЕРИ МЕНЕН УШЫРАСТЫ.
янв.21
Депутатлардың жумысын жаңа басқышқа алып шығыўға қаратылған әҳмийетли ушырасыў
Tuproqqal’a tuman Kengashining 4-“Saxovat” saylov okrugidan saylangan deputat Nafosat Allaberganova mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan tanishdi hamda fuqarolar murojaatlarini tingladi.

Deputat tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi. Shuningdek, mahalla faollari bilan suhbatlashib, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Mazkur tashrif mahalladagi ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga amaliy ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5