Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILARÍ MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
DEPUTAT SORAW SHÍǴARÍLDÍ.
янв.21
📌DEPUTAT SAYLAWSHILARÍ MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
ÚYRENIW JUMISLARI ALIP BARILMAQTA.
янв.21
🌱 13-14-mart kúnleri mámleketimizde ulıwma xalıqlıq qayırqomlıq shembiligi ótkerilmekte.
янв.21
KORRUPCIYASIZ JÁMIYET – RAWAJLANIW KEPILI
янв.21
📌ДЕПУТАТ КӨШЕ БИЙЛЕРИ МЕНЕН УШЫРАСТЫ.
янв.21
Депутатлардың жумысын жаңа басқышқа алып шығыўға қаратылған әҳмийетли ушырасыў
янв.21
📌DEPUTATLÍQ QADAǴALAW ORNATÍLMAQTA.
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президентиниң Пәрманы "Өзбекстан - 2030" стратегиясы ҳаққында
Tadbirkor ayollar faoliyati o‘rganildi

Tadbirkor ayollar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Juraqulova tumandagi “Rabotak” mahallasida imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bir nechta tadbirkor ayollar faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida tadbirkor ayollar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan faoliyat turlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda ularning daromad manbalari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish holati, faoliyatni kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va istiqbolli rejalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Muloqot jarayonida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, zarur hollarda deputat so‘rovi kiritish orqali masalalarni ijobiy hal etishga ko‘maklashilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, hududda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularni bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil ishlari davom ettirilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 5