Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ÚYRENIW JUMISLARI ALIP BARILMAQTA.
янв.21
🌱 13-14-mart kúnleri mámleketimizde ulıwma xalıqlıq qayırqomlıq shembiligi ótkerilmekte.
янв.21
KORRUPCIYASIZ JÁMIYET – RAWAJLANIW KEPILI
янв.21
📌ДЕПУТАТ КӨШЕ БИЙЛЕРИ МЕНЕН УШЫРАСТЫ.
янв.21
Депутатлардың жумысын жаңа басқышқа алып шығыўға қаратылған әҳмийетли ушырасыў
янв.21
📌DEPUTATLÍQ QADAǴALAW ORNATÍLMAQTA.
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президентиниң Пәрманы "Өзбекстан - 2030" стратегиясы ҳаққында
янв.21
Нөкис районы ХДП: "ҚУЎАНЫШ ҲӘМ МЕҲИР ҮЛЕСЕЙИК" АКЦИЯСЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

📌 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga muvofiq, avvalo “Infratuzilma va ijtimoiy rivojlanish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilinib, hududlarda infratuzilmani yaxshilash va ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘ining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi. Hisobot davomida aholini ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Sessiyada Yoshlar ishlari agentligi Yangiariq tuman bo‘limi boshlig‘ining tumandagi yoshlar muammolarini hal qilish, ularning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti ham tinglandi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 11