Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILARÍ MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
DEPUTAT SORAW SHÍǴARÍLDÍ.
янв.21
📌DEPUTAT SAYLAWSHILARÍ MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
ÚYRENIW JUMISLARI ALIP BARILMAQTA.
янв.21
🌱 13-14-mart kúnleri mámleketimizde ulıwma xalıqlıq qayırqomlıq shembiligi ótkerilmekte.
янв.21
KORRUPCIYASIZ JÁMIYET – RAWAJLANIW KEPILI
янв.21
📌ДЕПУТАТ КӨШЕ БИЙЛЕРИ МЕНЕН УШЫРАСТЫ.
янв.21
Депутатлардың жумысын жаңа басқышқа алып шығыўға қаратылған әҳмийетли ушырасыў
янв.21
📌DEPUTATLÍQ QADAǴALAW ORNATÍLMAQTA.
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президентиниң Пәрманы "Өзбекстан - 2030" стратегиясы ҳаққында
82-maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati M. Pardayev hududdagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rganish maqsadida 82-maktabga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab kutubxonasi faoliyati, sharoitlar hamda o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida kutubxonadagi mavjud muammolar ham aniqlandi. Xususan, kitob javonlari (stellajlar) eskirgani, moddiy-texnik baza yangilanishga muhtojligi qayd etildi. O‘quvchi va pedagog uchun elektron kitoblardan foydalanish imkoniyatlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani, zamonaviy axborot-resurs bazasini kengaytirish zarurati borligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan kutubxona infratuzilmasini bosqichma-bosqich yangilash, yangi stellajlar bilan ta’minlash hamda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan amaliy chora ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 4