Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
VAZIR MIROBOD TUMANIDA SAYYOR QABUL O'TKAZDI

Mirobod tumani "Qo‘yliq ota" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Ahmadovich Nazarbekovning aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tumandagi "Qo‘yliq ota" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazilgan uchrashuvda 4-sektor aholisi, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyati mudiri A.Karimov, tuman hokimining o‘rin bosarlari, sektor rahbarlari, tashkilot, muassasa rahbarlari va sektor kotiblari ishtirok etdilar.

Uchrashuv avvalida mamlakatimiz rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Xususan, 4-sektorda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasidagi ishlar haqida maʼlumot berilib, yoshlar va ularning muammolarini o‘rganish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan takliflar va muammolarni tezkorlik bilan hal etilish orqali yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilishi taʼkidlandi. Shundan so‘ng fuqarolar mavjud kamchiliklar, ularni o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Ahmadovich Nazarbekovga murojaat etishdi.

Sayyor qabulda 30 dan ortiq murojaatlar tinglandi. Aholini qiynab kelayotgan muammolardan ichki yo‘llarni taʼmirlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlari, kredit ajratilishi kabi masalalarning yechimi yuzasidan 4-sektor rahbari tomonidan soha masʼullariga takliflar berdi.

Uchrashuv doirasida vazir Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov "Qo‘yliq ota" mahalla aholisi uchun yaratilgan sharoitlari bilan tanishdi va idora kutubxonasiga kitoblar jamlanmalarini sovg‘a qildi. 

Slide 1 of 6