Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
янв.21
📂ESABAT BOLIP ÓTTI.
янв.21
BIR QATAR MASHQALALAR KÓRIP SHÍĞÍLMAQTA❗️
янв.21
Депутат ушырасыўы болып өтти!
янв.21
🗣 Мүрәжат унамлы шешим таўды
янв.21
❗️Нөкис қаласында «Депутат мәҳәлледе» жойбары өткерилди
янв.21
Өзбекстан Республикасы Олий Мажлиси Сенаты администрациясы аймақлық ўәкиллик органлары искерлигин үйрениў орайы тәрепинен шөлкемлестирилген "Жергиликли Кеңеслердиң искерлигин үлгили шөлкемлестириўдиң тийкарғы бағдарлары" машқалалар ҳәм шешимлер" атамасында көргизбели семинар болып өтти.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani Kengashida Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi bo‘limi mudiri Altiyev Abdurashid Sultanovich ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarning asosiy maqsadi — hududiy vakillik organlarining faoliyatini yanada samarali va shaffof tashkil etish, shuningdek, deputatlarning qonunchilik jarayonidagi roli va ularning xalq bilan aloqalarini yaxshilashdir.

Seminar davomida deputatlarga hududiy Kengashlarning ahamiyati, ularning boshqaruv tizimidagi roli va jamoatchilik bilan ishlashdagi eng yaxshi amaliyotlar haqida ma'lumotlar berdi. Shuningdek, deputatlarning faoliyatini yanada samarali qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy asoslar, metodologiyalar va zamonaviy kommunikatsiya vositalari haqida so‘z yuritildi. Söngra deputatlar o‘z fikrlarini bildirib, Boyovut tumani aholisining ehtiyojlariga mos ravishda tuman Kengashining faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar berdi. 

Bu kabi seminarlar, deputatlarning xalq bilan yaqin aloqalarini rivojlantirishga, hududlarda o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishga yordam beradi.

Tashrifning ikkinchi (18.03.2025) kunida Altiyev Abdurashid Sultanovich tuman ijro organi bölimi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — hududiy vakillik organlarining samarali ishlashini ta'minlash va tuman tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish edi.

Slide 1 of 13