Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРАҚҚИЁТИ — ЮКСАК ЭЪТИБОР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР САМАРАСИ
янв.21
QARAQALPAQSTAN: JAŃA IMKANIYATLAR, JAŃA EKONOMIKALIQ MAQSETLER
янв.21
Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.
янв.21
Inson qadri ulug‘langan, taraqqiyot yangi bosqichga ko‘tarilgan tashrif
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары тыңланбақта
янв.21
Қарақалпақстанның келешеги ҳаққында еки күн
янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-sonli qarori asosida Chilonzor tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalardan biri uchun mablag‘ ajratildi.
Mazkur loyiha Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 6-daha, Dilobod mahallasi, 36-uyda joylashgan Respublika OITSga qarshi kurash markazi qoshidagi klinika hududida yangi omborxona qurishni nazarda tutadi.
📌 Loyiha doirasida Respublika OITSga qarshi kurash markazi hamda hududiy OITSga qarshi kurash markazlari ehtiyojlari uchun markazlashgan tartibda xarid qilinib tarqatiladigan:
retrovirusga qarshi dori vositalari, tibbiy buyumlar, profilaktika vositalarini saqlash uchun 150 kvadrat metrgacha bo‘lgan, milliy standartlarga mos omborxona barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Omborxona sovutish tizimiga ega, beton pol qoplamali, sendvich panellar bilan o‘ralgan, yopiq tom qismiga ega hamda zarur stellajlar bilan jihozlangan bo‘lishi belgilangan.
💰 Ajratilgan mablag‘ — 1 mlrd 648 mln so‘m.
Loyihaning amalga oshirilishi dori vositalari va tibbiy buyumlarni belgilangan sharoitlarda saqlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholini zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlashga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ochiq budjet” elektron axborot portali orqali “Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalar ro‘yxati asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tadbir tovar va moddiy qiymatliklarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, xarid qilinadigan tovarlar reestri buyurtmachi tashkilot hamda loyihani ilgari surgan tashabbuskor bilan kelishilgan holda shakllantirilishi va tasdiqlanishi belgilangan.
Fuqarolar tashabbusi — amaliy loyiha, amaliy loyiha — aholi uchun manfaat.