Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРАҚҚИЁТИ — ЮКСАК ЭЪТИБОР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР САМАРАСИ
янв.21
QARAQALPAQSTAN: JAŃA IMKANIYATLAR, JAŃA EKONOMIKALIQ MAQSETLER
янв.21
Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.
янв.21
Inson qadri ulug‘langan, taraqqiyot yangi bosqichga ko‘tarilgan tashrif
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары тыңланбақта
янв.21
Қарақалпақстанның келешеги ҳаққында еки күн
янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
"Abdurahmon Jomiy" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!

Termiz shahrida aholi bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish hamda ehtiyojmand qatlamni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, aholi bandligini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida “Abdurahmon Jomiy” mahallasi kesimida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:

• "Xonadonbay" tahlil va reyestrlar: Mahalladagi ishsiz, kam daromadli va ehtiyojmand oilalarning haqiqiy ahvolini xonadonbay o‘rganish va ularni kambag‘allikdan chiqarishning individual rejalarini yangilash;

• Muvaffaqiyatli ishga joylashtirish: Vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni hududdagi va shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga manzilli yo‘naltirish;

• Yangi daromad manbalari va tadbirkorlik: Hokim yordamchisi ko‘magida fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishini jadallashtirish;

• "Yettilik" faolligini oshirish: Mahalla mas’ullarining "xonadonbay" ishlash tizimidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish.

"Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi 'Abdurahmon Jomiy' mahallasida ham qat'iy ta'minlanishi lozim. Bu borada saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov va 'mahalla yettiligi' hamkorlikda har bir ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash, ularga doimiy va barqaror daromad manbaini yaratish uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etishi shart," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va ijrosini qat'iy nazorat qilish kelishib olindi.

Slide 1 of 2