Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
янв.21
📂ESABAT BOLIP ÓTTI.
янв.21
BIR QATAR MASHQALALAR KÓRIP SHÍĞÍLMAQTA❗️
янв.21
Депутат ушырасыўы болып өтти!
янв.21
🗣 Мүрәжат унамлы шешим таўды
янв.21
❗️Нөкис қаласында «Депутат мәҳәлледе» жойбары өткерилди
янв.21
Өзбекстан Республикасы Олий Мажлиси Сенаты администрациясы аймақлық ўәкиллик органлары искерлигин үйрениў орайы тәрепинен шөлкемлестирилген "Жергиликли Кеңеслердиң искерлигин үлгили шөлкемлестириўдиң тийкарғы бағдарлары" машқалалар ҳәм шешимлер" атамасында көргизбели семинар болып өтти.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari B.Marg‘iloniy mahallasi “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 4 apreldagi “Mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qaroriga asosan, mahallalardagi muammolarni hal etishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Marg‘ilon shahar Kengashining 2025 yil 30 yanvar kungi VII-4-14-11-168-K/25 sonli qarorida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishga ko‘maklashish borasida mahalliy Kengash deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.Abdurahmonova, R.Alijonova va A.Ermatovlar B.Marg‘iloniy mahallasi fuqarolar yig‘inida mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning 8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari, “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida ko‘rsatiladigan 64 turdagi ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligi ustidan nazorat, “Mahalla yettiligi” tomonidan aniqlangan va shahar darajasida hal etiladigan muammolar bo‘yicha takliflar tayyorlash masalasida kelishib oldilar.

Slide 1 of 3