35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
Kafolatlangan himoya va samarali boshqaruv: "Farxod" mahallasida mahalla rais va xotin-qizlar faoli faoliyati qonunchilik asosida tahlil qilindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengash raisning o‘z saylov okrugiga qarashli “Farxod” mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

💬Mas'ullar tomonidan mahalla idorasida jamoat tartibini saqlash, aholi murojaatlari bilan ishlash va ijtimoiy himoya tizimi tahlil qilinib, ikki muhim yo‘nalish ko‘rib chiqildi:

⏺Mahalla raisining kunlik ish yuritish tizimi, "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirishi, aholi murojaatlari va xonadonbay o‘rganishlar natijalari bo‘yicha hujjatlar yuritilishi holati sinchkovlik bilan ko‘rib chiqildi.

💬Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi OʻRQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida xotin-qizlar faolining ish jarayoni tahlil qilindi:

🟢Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Mahallada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan xotin-qizlarni barvaqt aniqlash hamda ularga "Himoya orderi" berishda profilaktika inspektori bilan hamkorlik tizimi;

🟢Nizoli oilalar bilan ishlash: Ajrim yoqasiga kelib qolgan xonadonlar, notinch oilalar bilan manzilli ishlash va ularni sog‘lomlashtirish choralari;

🟢Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: "Ayollar daftari"da turgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash hamda ularga psixologik, huquqiy va moddiy ko‘mak berish sifati.

💬"Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun — bu shunchaki huquqiy hujjat emas, balki jamiyatimiz asosi bo‘lgan oilalarimiz mustahkamligi va xotin-qizlarimiz xavfsizligining kafolatidir. Xotin-qizlar faoli mahallada har bir ayolning dardu tashvishi bilan yashashi, muammolarni jiddiylashmasdan oldin aniqlab, ularga amaliy ko‘mak berishi lozim. Bu borada tizimli nazoratni qat'iy davom ettiramiz," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

O‘rganish yakunida "Farxod" mahallasida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy nizolarning oldini olishda mahalla faollari hamkorligini yanada kuchaytirish hamda ish yuritish tizimidagi aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 2