35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
Diydor mahallasida murojaatlar va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi


Diydor mahallasida murojaatlar va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "17-Guliston" okrugi deputati Tursunova Shaxnoza Jo‘rakulovnaning okrugi hududidagi "Diydor" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📇 O‘rganish davomida "mahalla yettiligi" bilan hududdagi fuqarolar murojaatlari yuzasidan suhbat tashkil etildi. Ma’lum qilinishicha, mahallaga "Uchmakon" hamda "Iqbol Nur Servis" boshqaruv servis kompaniyalari xizmat ko‘rsatmoqda. Mahalla hududida 23 ta ko‘p qavatli uy, 1 312 ta xonadon, 1 707 ta oila hamda 6 743 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Shuningdek, mahalladagi 3 500 nafardan ortiq xotin-qizlar orasidan 184 nafari Ayollar daftarining 7-bosqichiga kiritilgan bo‘lib, ularga amaldagi qarorlar asosida zarur ijtimoiy xizmat va ko‘maklar ko‘rsatilayotgani qayd etildi. Hozirgi kunda Ijtimoiy reyestrda 27 nafar fuqaro ro‘yxatda turishi ma’lum qilindi.

🗂 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalari ijrosi doirasida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash ishlari o‘rganildi.

🗣 Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinib, takrorlanayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga amaliy tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni qonunchilik asosida hal etish yuzasidan nazorat davom ettirilishi ta’kidlandi.

💼 Mazkur tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyevalar ishtirok etdi.

Slide 1 of 4