Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
📌 Aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash bo‘yicha muhim tashabbus ilgari surildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubayeva Bazargul Maxammatdinovna Parlament komissiyasi hamda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining Davlat grantlari tanloviga “Do‘stlik” MFYda tomorqalarni sug‘orish tizimini quyosh energiyasi asosida qo‘llab-quvvatlash” loyihasi bo‘yicha taklif kiritdi.

📋 Loyiha doirasida quyidagi takliflar ilgari surildi:
🔹 Mahalladagi tomorqalarni sug‘orishga xizmat qilayotgan 3 ta elektr nasosining har biriga 20 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatish;
🔹 Suv inshooti hududiga 60 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatish;
🔹 O‘rnatilgan quyosh panellarini mahalla balansiga o‘tkazish hamda ulardan foydalanishning barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish.

☀️ Loyiha amalga oshirilgach, quyosh panellari ishlab chiqaradigan elektr energiyasini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar suv nasoslarining elektr xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

🌱 Natijada “Do‘stlik” MFYdagi 1 874 ta xonadon, 6 mingdan ortiq aholi tomorqa yerlarini barqaror sug‘orish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa tomorqachilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

⚡️ Mazkur tashabbus qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, suv resurslarini tejash hamda mahallalarda barqaror infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechim sifatida ahamiyat kasb etadi.