Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
Jismoniy tarbiya va sport sohasida qonun ijrosi hamda hamkorlik ishlari o‘rganildi

Jismoniy tarbiya va sport sohasida qonun ijrosi hamda hamkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son Qonuni ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida tuman Sport maktabiga tashrif buyurib, mazkur qonun talablarining ijrosi, sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, yoshlarni sportga keng jalb etish, sport to‘garaklari faoliyati hamda sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

Shuningdek, deputatning biriktirilgan tashkiloti bilan ishlash yo‘nalishi doirasida vakolatlari asosida hamkorlikdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish, soha faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish va tegishli tartibda taqdim etish yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2