Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
📌 Noqonuniy chiqindilar chiqarilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi

📌 Noqonuniy chiqindilar chiqarilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi

Tasdiqlangan grafik asosida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati masʼul xodimlari tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda deputatlarning saylangan okruglarida aniqlangan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur o‘rganishlar deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 3-Damariq saylov okrugi deputati Yoqubov Nodirjon Nazirulla o‘g‘li, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Adashboyev Aziz Agʻzam o‘g‘li, Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li, shuningdek, Yakkasaroy tumani “Damariq“ MFY raisi Tashpulatova Nazokat, hokim yordamchisi Masharipov Aziz, ijtimoiy xodim Djurayeva Kamola, xotin-qizlar faoli Ismailova Gulchehra, yoshlar yetakchisi Rayimov Dilshod hamda profilaktika inspektori Lolayev Namoz bilan birgalikda hududda manzilli o‘rganish ishlari olib bordilar.

O‘rganish davomida Yakkasaroy tumani “Damariq” mahallasi Abdulla Qahhor 1-tor ko‘chasi 62-uy manzilda joylashgan “MiMi hotel” xizmat ko‘rsatish maskani hududida maishiy chiqindilarni noqonuniy ravishda ko‘cha hududiga chiqarish holati mavjudligi aniqlandi. Mazkur holat atrofda yashovchi fuqarolar tomonidan noroziliklarga sabab bo‘layotgani va hududning sanitariya hamda ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Aniqlangan muammo yuzasidan joyida tegishli o‘rganish ishlari olib borilib, mehmonxona boshqaruvchisiga hududni toza saqlash, chiqindilarni belgilangan tartibda va maxsus ajratilgan joylarga chiqarish zarurligi bo‘yicha profilaktika inspektori Lolayev Namoz batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ushbu turdagi qonunbuzarlik holati takroran sodir etilgan taqdirda amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi haqida qat’iy ogohlantirildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda nazorat o‘rnatilib, hududda sanitariya qoidalariga rioya etilishini ta’minlash hamda aholining haqli e’tirozlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ushbu masala deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.

Slide 1 of 1