Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
📌 Mahallada iste’mol krediti tizimi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D. Shadanova, kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirokida tumandagi Arbek mahallasida “iste’mol krediti” yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar hamda mahalla darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat o‘rganildi.

📜 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-33, 2006-yil 6-may) hamda ushbu sohani tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida mahalla bankiri va hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi.

🏦 Xususan, fuqarolarga kredit ajratish jarayonining shaffofligi, murojaatlarning ko‘rib chiqilishi, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda kredit resurslaridan samarali foydalanish holati o‘rganib chiqildi.

📜 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-son qarori — “Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish to‘g‘risida” qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

📊 O‘rganish davomida mahalla darajasida ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarning amaliy natijalari ko‘rib chiqildi.

📌 Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 2