Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Orol mahallasida infratuzilma loyihalari ijrosi va "yettilik" faoliyati o‘rganildi

Orol mahallasida infratuzilma loyihalari ijrosi va "yettilik" faoliyati o‘rganildi

Termiz tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro loyiha doirasida bir qator mahallalarda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, hozirgi kunda 5 ta mahallada 23 ta subloyiha amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi Shuxrat Qalandarov "Orol" mahallasida bo‘lib, ushbu loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda infratuzilmani yaxshilash tadbirlari bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputatlar va tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi. Dastlab, ichimlik va oqova suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Shuningdek, loyihalar ijrosi bo‘yicha mutasaddilar hisobot berdi.

Shu bilan birga, aholining tomorqadan samarali foydalanish holati hamda mahalla "yettiligi" faoliyati ham o‘rganildi. "Yettilik"ning aholi bilan ishlash samaradorligi tanqidiy ko‘rib chiqilib, faoliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 7