AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHDA DEPUTATLIK NAZORATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-6-sonli qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiya raisi R. Isakov tomonidan “Namangan shahrida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida” muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Muhokamada quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Aholini kambag‘allikdan chiqarishning asosiy yo‘nalishlari:
1️⃣ Barqaror bandlikni ta’minlash va yuqori daromad manbalarini yaratish
2️⃣ Ta’lim olish va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish
3️⃣ Kafolatlangan davlat tibbiy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash
4️⃣ Ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish
5️⃣ Aholining yashash sharoitlarini yaxshilash
6️⃣ Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish
7️⃣ Davlat organlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish
Shuningdek, yig‘ilishda:
✅ oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish,
✅ “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida aholini qo‘llab-quvvatlash,
✅ mikromoliya tashkilotlari orqali kredit mablag‘larini ajratish masalalari ham muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida eng og‘ir ahvoldagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida hududdagi tashkilotlar rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlariga ushbu oilalarni biriktirish, amalga oshirilgan ishlar natijadorligini Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi sessiyalarida muhokama qilib borish bo‘yicha takliflar ma’qullandi.