Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📢 Qishloqbozor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “Qishloqbozor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar, jumladan, ijtimoiy soha, infratuzilma, bandlik va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

📝 Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.

📌 Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4