Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
#96_ta_qonun 🌐 Turizm, innovatsiya va iqtisodiy rivojlanishga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlarining zamonaviy iqtisodiyot, turizm va innovatsiyalar sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda.

Mazkur jarayon doirasida 11-Chayjovul saylov okrugi deputati Soliyeva Vasila Ismoilovnaga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni (2019-yil 18-iyul, O‘RQ-549-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (2019-yil 22-oktabr, O‘RQ-573-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil 17-fevral, O‘RQ-604-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil 24-iyul)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni (2022-yil 7-iyun, O‘RQ-776-son)

Mazkur qonunlarni chuqur o‘rganish orqali hududda turizm salohiyatini oshirish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, reklama va axborot sohasida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash hamda iqtisodiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Ayniqsa, bugungi kunda turizmni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, maxsus iqtisodiy zonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hududlar taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, mazkur deputatga Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Qarshiyev Mamurjon Doniyor o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi.

Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning huquqiy va iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash, hududning investitsion jozibadorligini oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1