35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
Shayxontohur tumanida qurilish va ta’mirlash ishlari muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Shayxontohur tumanida qurilish va ta’mirlash ishlari muhokama qilindi

👥 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan haftalik ish reja asosida Shayxontohur tumanidagi 31-Olim Xo‘jayev saylov okrugiga kiruvchi Ko‘kcha darvoza hamda Katta Oqtepa mahallalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish va ta’mirlash ishlari mahalla binosida muhokama qilindi. Uchrashuv davomida shahar deputatiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning dolzarbligi va ustuvorligi ko‘rib chiqildi.

🏗 Mazkur yig‘ilishda Toshkent shahar hokimiyatining yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompleksi bosh mutaxassisi Fayzullo Rixsillayev, Shayxontohur tuman hokimiyati qurilish bo‘limi xodimi Ibrohim Qo‘chqorov, mahalla xodimlari hamda qurilish va ta’mirlash ishlari uchun mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi. Ular tomonidan barcha loyihalar bo‘yicha zarur hujjatlar, o‘lchamlar va fotomateriallar taqdim etilib, tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.

🚌 Xususan, Ko‘kcha darvoza mahallasida 27-avtobus yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolar uchun yangi avtobus bekatlarini tashkil etish masalasi ham muhokama qilinib, Oqilon 3-tor ko‘chasi, Ko‘kcha 1-tor ko‘chasi, Denov va Sarguzasht ko‘chalarida bekatlar o‘rnatish rejalari ko‘rib chiqildi. Ushbu loyiha uchun 208 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilanganligi qayd etildi.

🏡 Shuningdek, Katta Oqtepa mahallasida Nurafshon ko‘chasi 19-uy oldidagi hududda bolalar o‘yingohi qurish hamda Respublika Pulmonologiya va tuberkulyoz instituti asosiy kirish qismi oldida avtobus bekati tashkil etish masalalari ham muhokama qilinib, ular bo‘yicha smeta va texnik hujjatlar aniqlashtirildi.

🤝 Deputat o‘z nutqida: “Har bir loyiha puxta asoslangan bo‘lishi, ajratilgan mablag‘lar esa manzilli va samarali yo‘naltirilishi kerak”, deya ta’kidladi. Yakunda barcha loyihalar bo‘yicha hujjatlarni yakunlash va tasdiqlash jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 7