35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
"Safiya" qandolat fabrikasi o'rganildi

Uchtepa tumanining iqtisodiy salohiyati - “Safiya” qandolat fabrikasi faoliyati o‘rganildi

 🔼 Uchtepa tumanining iqtisodiy salohiyatini keng yoritish va hududda faoliyat yuritayotgan yirik ishlab chiqarish korxonalari tajribasini o‘rganish maqsadida tashrif buyurgan mehmonlar uchun amaliy tanishuv tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi kotibiyati, Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo'yicha doimiy komissiyasi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tashrif buyurgan Kengash kotibiyat vakillari ishtirok etdi.

 🎆 Tanishuv jarayonida mehmonlar tumanda 2018-yilda tashkil etilgan “Safiya” qandolat fabrikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Korxonaning qisqa vaqt ichida zamonaviy ishlab chiqarish majmuasiga aylangani, unda ilg‘or texnologiyalar asosida yuqori sifatli qandolat mahsulotlari tayyorlanayotgani alohida e’tirof etildi.

 📰 Mehmonlarga korxonaning tashkil etilish tarixi, ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar sifati ustidan olib borilayotgan nazorat tizimi hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan sexlar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mahsulotlarni tayyorlashning barcha bosqichlari — xomashyo qabul qilishdan tortib, tayyor mahsulotni qadoqlash va yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlar amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

 🍰 Bugungi kunda “Safiya” brendi nafaqat ichki bozorda, balki xorijiy davlatlarda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, mahsulotlari eksport qilinmoqda. Korxonaning bir qator filiallari faoliyat yuritib, ishlab chiqarish va savdo tarmoqlari kengayib bormoqda.

 ✨ Ayni paytda fabrikada 2000 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Bundan tashqari, korxonaning respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan savdo do‘konlarida 5500 nafardan ziyod fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu esa hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

 ↗️ Mazkur tashrif davomida mehmonlar tomonidan korxonaning faoliyati yuqori baholanib, bunday yirik ishlab chiqarish obyektlari hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

 🧠 Ushbu amaliy tanishuv Uchtepa tumanining iqtisodiy imkoniyatlarini namoyon etish, hududlar o‘rtasida tajriba almashish hamda ishlab chiqarish sohasida ilg‘or yondashuvlarni keng ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7