Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Prezidentning Jizzaxga tashrifi — viloyat hayotiga yangicha sur’at

Prezidentning Jizzaxga tashrifi — viloyat hayotiga yangicha sur’at

Prezidentning Jizzax viloyatiga tashrifi hudud hayotiga yangi nafas, yangicha ruh olib keldi. Tashrif davomida tanishilgan loyihalar, boshlab berilgan bunyodkorlik ishlari hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar Jizzaxning bugungi taraqqiyoti va ertangi istiqboliga mustahkam ishonch uyg‘otmoqda.

Viloyatda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari, jumladan yangi yo‘llarning barpo etilishi, xizmat ko‘rsatish maskanlarining zamonaviylashtirilishi, aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan tashabbuslarning boshlanganligi hududning yanada jadal rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat shahar markazida, balki chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga zamin yaratadi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, suv tejovchi uskunalar, agrotexnik xizmatlarning kengaytirilishi dehqonlar va fermerlar mehnatini yengillashtirib, yuqori hosildorlikka erishish imkonini bermoqda. Tashrif davomida alohida e’tibor qaratilgan har bir loyiha — Jizzaxning ravnaqi, aholining farovon hayotini ta’minlashga qaratilgan aniq va amaliy qadamdir.

Shu bois, mazkur tashrifni viloyatning kelajakdagi taraqqiyoti uchun yangi bosqichning boshlanishi, iqtisodiy va ijtimoiy yuksalish yo‘lida muhim turtki, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Jizzax bugun yangilanmoqda, ertaga esa yanada porloq istiqbollarga intilmoqda.  

Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati Bayjanova O'tagul