Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
#sessiya_25

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari va mutaxassislari tomonidan hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan, 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov, 20-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat M.Hojiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti va ijtimoiy ahvoli o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning turmush darajasi, daromad manbalari, bandligi hamda mavjud muammolari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markaziga tegishli takliflar berildi.

Mazkur o‘rganishlar joriy oyda o‘tkaziladigan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalarni puxta tayyorlashga xizmat qiladi. Bu esa hududda ijtimoiy adolatni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6