Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Beshqo‘rg‘on” savdo majmuasidagi yong‘in yuzasidan deputatlar pozitsiyasi bildirildi.

2026 yil 5 aprel kuni Toshkent shahridagi “Beshqo‘rg‘on” savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in holati jamoatchilikda jiddiy xavotir uyg‘otdi. Mazkur voqea yuzasidan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlari — Imamov Sanjarali Tolkinovich va Saidova Shukrona To‘xtaevna hududga chiqib, vaziyatni joyida o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida yong‘in xavfsizligi talablariga yetarlicha rioya etilmagani, xususan, hududda yong‘inga qarshi infratuzilma (maxsus yo‘laklar, tezkor kirish imkoniyatlari) mavjud emasligi aniqlandi. Shuningdek, katta maydonni qamrab olgan ushbu omborlar majmuasida xavfsizlikni ta’minlashga mas’ul xodimlar soni mutlaqo yetarli emasligi qayd etildi.

Deputatlar ta’kidlashicha, bunday holatlar inson hayoti va mol-mulki uchun jiddiy xavf tug‘diradi hamda yong‘in xavfsizligiga oid talablarni kuchaytirish, nazorat mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan deputatlar tomonidan:

-yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilish holatini to‘liq o‘rganish;

-mas’ul tashkilotlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilish;

-hududlarda xavfsizlik infratuzilmasini kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ilgari surildi.

Deputatlar bu holatga nisbatan o‘z pozitsiyalarida:, aholi xavfsizligi ustuvor vazifa ekanini , ushbu holatni qat’iy nazoratga olgan holda, kelgusida bunday favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli choralar ko‘rilishini qat’iy ta’kidladilar.

Mazkur masala Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga kiritilib, uning yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 12