Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Mahalliy kengash deputatlari ko’p qavatli uylar yerto’lalar holatini o’rgandi. Yerto’lalarning tozaligi, yoritish tizimi, shamollatish holati, muhandislik kommunikasiyalari — suv, kanalizasiya va elektr tarmoqlarining texnik ahvoli ko’zdan kechirildi.

Aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, ko’p qavatli uylarda sanitariya va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida mahalliy kengash deputatlari M.Atoyeva hamda L.Avezovalar tomonidan uylar yerto’lalarining holati atroflicha o’rganildi.

Guliston mahallasi Shifokor ko’chasida ming nafarga yaqin xalq ko’p qavatli uylarda yashaydi. Tumanimizda 81 ta ko’p qavatli uylar bo’lsa, shundan 14 tasi shu yerda qurilgan.

O’rganish jarayonida ko’p qavatli uylarning yerto’lalarini tozaligi, yoritish tizimi, shamollatish holati, muhandislik kommunikasiyalari — suv, kanalizasiya va elektr tarmoqlarining texnik ahvoli ko’zdan kechirildi. Shuningdek, ayrim hollarda yerto’lalarning noqonuniy foydalanilishi, chiqindilar to’planishi va namlik oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yerto’lalarni tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli tashkilotlar va mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, ko’p qavatli uylardagi yerto’lalardan maqsadli va samarali foydalanish, ularni doimiy nazoratda saqlash hamda tozalik ishlarini muntazam olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Aholining farovon va xavfsiz yashashini ta’minlashga qaratilgan bunday o’rganishlar izchil davom ettirilib, mazkur yo’nalishdagi ishlar deputatlar nazoratida bo’ladi. 
 

Slide 1 of 1