Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
O‘quvchilar bilan uchrashuv va yoshlar bilan kutubxonada muloqot

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva Olmazor tumanidagi 185-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim jarayonlari hamda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Shuningdek, maktabning moddiy-texnik bazasi ham o‘rganilib, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Jarayon davomida “Yoshlarimiz – kelajagimiz!” mavzusida suhbat o‘tkazilib, yoshlarni zamonaviy ishchi kasblarni egallashga yo‘naltirish, kasb-hunar o‘rganishning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr almashildi.

 Shundan so‘ng deputat hududni aylanib chiqib, "G'ani A'zamov" mahalla kutubxonasida yoshlar hamda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita suhbatlashdi. Muloqot davomida tuman deputati va ta'lim sohasi mutaxassislari o‘quvchilar bilan birga bo‘lib, ilmiy va madaniy faoliyatni rivojlantirish borasida fikr almashdilar. Mahalla kutubxonasida o‘tkazilgan uchrashuvda, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, yangi ta'lim metodlari haqida so‘z yuritildi. Uchrashuvda yoshlarning kelajakka bo‘lgan qarashlari va ta'limga oid savollari muhokama qilindi.

 Deputat yoshlarning bilimli, kasb-hunarli va zamon talablariga mos mutaxassis bo‘lib yetishishi mamlakat taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidlab, ta’lim muassasalarida bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Slide 1 of 6