35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
Deputat axboroti.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Kurganov Ziyovuddin Muxiddinovich 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Uchrashuv Shayxontohur tumani tumanidagi “Gulobod” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etib, deputat tomonidan chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida koʻrilgan choralar hamda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi haqida axborot berib oʻtdi.

Deputat Z.Kurganov 2026 yilning birinchi choragida mahalla hududidagi 4 ta koʻp qavatli uylarning yertoʻlasi obodonlashtirilgani, “yashil makon” loyihasi doirasida 300 dan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilgani, 5-6-7-8-uylarga 4 ta zamonaviy yangi liftlar oʻrnatilgani va elektr energiyasini ishonchli va uzluksiz yetkazib berish maqsadida 3 ta elektr transfarmatorlar taʼmirlangani, 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvalash maqsadida yordam koʻrsatilgani, tadbirkorlik istagini bildirgan 8 nafar fuqarolarga mikro kreditlar ajratilgani hamda xotin-qizlarning 2 nafari tikuv mashina va eletr pech bilan taʼminlangani haqida maʼlumot berib oʻtdi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida mahalla hududlarida havfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikni oldini olish uchun 5 ta kuzatuv kamerali oʻrnatilgani haqida ham taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuv davomida deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlarini tingladi. Mahallalarda infratuzilma, obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy muhit hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan mavjud muammolar joyiga chiqib oʻrganilib, ularni hal etish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar koʻrilishi, deputat nazoratiga olinishi va bosqichma-bosqich hal etish boʻyicha ishlar davom ettirilishi hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini qayd etildi.

Slide 1 of 1