Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРАҚҚИЁТИ — ЮКСАК ЭЪТИБОР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР САМАРАСИ
янв.21
QARAQALPAQSTAN: JAŃA IMKANIYATLAR, JAŃA EKONOMIKALIQ MAQSETLER
янв.21
Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.
янв.21
Inson qadri ulug‘langan, taraqqiyot yangi bosqichga ko‘tarilgan tashrif
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары тыңланбақта
янв.21
Қарақалпақстанның келешеги ҳаққында еки күн
янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
MAHALLA HUDUDIDA YANGI ISH O‘RINLARINI YARATISH TAJRIBALARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva hamda tuman Kengashi deputati U.Mirzaumarovlar tomonidan Axshakguzar mahallasini aholining munosib yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati, ularning daromad manbalarini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, D.Kenjayev xonadonida chorvachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda 9 bosh qoramol parvarishlanmoqda.

Shuningdek, M.Boltaboyev tomonidan darvoza, panjara va oynalar uchun temir konstruksiyalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, bu orqali nafaqat o‘zining, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish orqali boshqa fuqarolarning ham bandligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 6