Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРАҚҚИЁТИ — ЮКСАК ЭЪТИБОР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР САМАРАСИ
янв.21
QARAQALPAQSTAN: JAŃA IMKANIYATLAR, JAŃA EKONOMIKALIQ MAQSETLER
янв.21
Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.
янв.21
Inson qadri ulug‘langan, taraqqiyot yangi bosqichga ko‘tarilgan tashrif
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары тыңланбақта
янв.21
Қарақалпақстанның келешеги ҳаққында еки күн
янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil mart oyi amalga oshirilgan ishlar reja ijrosi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil mart oyi amalga oshirilgan ishlar reja ijrosi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, mart oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan edi. 

Ish reja asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

✅Joylardagi norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati yuzasidan viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining axboroti yettinchi chaqiriq, yigirma sakkizinchi sessiyasida eshitildi.

✅Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti yettinchi chaqiriq, yigirma sakkizinchi sessiyasida tinglandi.

❌Viloyatda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanish masalalari yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini eshitish keyingi sessiyaga qoldirildi.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha korxona va tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar o'rganilmoqda. Korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va tashkilotga taqdim etildi, tashkilotni raqamlashtirish choralari korilmoqda.

Nazorat va tashkiliy tadbirlar:

✅ Kengash ish rejasining bajarilishi doimiy ravishda muhokama qilinib, ijro intizomi nazoratga olingan, ushbu jarayon tizimli tarzda davom ettirilmoqda.

✅ Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilib, tahlillar olib borildi hamda natijadorlikni oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

✅ Kengash ish rejasining bajarilishi yuzasidan muhokamalar muntazam tashkil etilib, ijro holati bo‘yicha nazorat kuchaytirilgan, ishlar davomiy ravishda olib borilmoqda.

🌐 Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rildi, mazkur yo‘nalishda ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🌐 OAVda materiallar chop etish, intervyular berish hamda sessiyalarni jonli efirda yoritish ishlari yo‘lga qo‘yilgan va doimiy ravishda amalga oshirib borilmoqda.

👍 Ushbu tadbirlar mart oyi davomida viloyat miqyosida huquqiy targ‘ibot, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga xizmat qildi va mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

✈️@sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 1