Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
HAR BIR KO‘CHA VA MAHALLA — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA

HAR BIR KO‘CHA VA MAHALLA — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA

 Joriy yilning 31-mart kuni Navoiy shahrida obodonlashtirish, tozalik va bunyodkorlik ishlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar navbatdagi bor o‘rganildi.

 Mazkur jarayonlar shahar hokimi, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev tomonidan bevosita nazoratga olinib, hududlarda olib borilayotgan ishlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 Xususan, shahardagi “Inspektorlar” ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalik ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Hududda yo‘l yoqalarini tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va butalarni parvarishlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda mas’ul tashkilot va mutasaddilarga ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.

 Shahar rahbari tomonidan barcha hududlarda obodonlashtirish ishlari uzluksiz davom ettirilishi, har bir ko‘cha va mahalla doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

 Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar aholi turmush darajasini oshirish, shahar qiyofasini yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5