Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 20-«Nurobod» saylov okrugidan saylangan deputat Axmedov Sultonboy Ismoilovich «Nurobod» mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holatini atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalla «yettiligi» a’zolari bilan hamkorlikda yoshlar bilan ishlash tizimi, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlashda mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, deputat tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar mahalla faollari bilan birgalikda muhokama qilindi. Kelgusida yoshlar bandligini ta’minlash, ayniqsa, ularni ishlab chiqarish korxonalariga jalb etish va doimiy ish o‘rinlari yaratish maqsadida amaliy chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishga kelishib olindi.

Mazkur tashrif davomida yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1